Hukumat qiyin ahvolga tushib qolgan xususiy ta’lim tashkilotlariga yordam beradi

Jamiyat

image

Davlat tomonidan karantin sharoitida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida ham tizimli chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarorida qayd etilgan.

Mutasaddilarga nodavlat ta’lim tashkilotlari (maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, oliy ta’lim tashkilotlari) faoliyatini o‘rgangan holda, karantin cheklovlari joriy etilganligi munosabati bilan faoliyatida moliyaviy muammolarga duch kelayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ushbu masala yuzasidan alohida Vazirlar Mahkamasining qarorini tayyorlanadi. 

Yirik tadbirkorlik sub’ektlariga karantin cheklovlari amal qilgan davrda tegishli ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va savdo ob’ektlarida sanitariya-gigiyena va epidemiologik talablarga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan xodim belgilash tavsiya etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing