Hukumat bolalarni maktabga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish reglamentini tasdiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7 iyundagi qarori bilan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
 
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlar portali orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
 
Qabul 2019/2020 o‘quv  yillari uchun 20 iyundan, kelgusi o‘quv yillari uchun 15 iyundan boshlanadi va 31 avgustga qadar davom etadi.
 
Qaror bilan shuningdek, 2019/2020 o‘quv yillari uchun qabul jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki portal orqali amalga oshiriladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi qarori

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing