Andijon, Jizzax va Surxondaryoda tadbirkorlik muhiti yomon ahvolda
Jamiyat
−
09 iyun 2020
7186Adliya vazirligi hududlardagi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti reytingini e’lon qildi. Reytingda Andijon, Jizzax va Surxondaryo oxirgi o‘rinlarda qayd etildi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur reyting sinov tariqasida ishlab chiqilgan, ya’ni demo versiyada. Ushbu demo reyting dastlabki natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
1 - Toshkent shahri
2 - Navoiy viloyati
2 - Buxoro viloyati
3 - Qoraqalpog‘iston Respublikasi
5 - Samarqand viloyati
6 - Farg‘ona viloyati
7 - Qashqadaryo viloyati
8 - Xorazm viloyati
9 - Namangan viloyati
10 - Sirdaryo viloyati
11 - Toshkent viloyati
12 - Andijon viloyati
13 - Jizzax viloyati
14 - Surxondaryo viloyati
Baholashda ikkita asosiy manbaga – tegishli idoralarning rasmiy statistik ma’lumotlari hamda tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga tayanildi. Tizimda sinov tariqasida o‘tgan 2019 yilning yakunlari bo‘yicha hududlarning, jumladan har bir tuman va shaharda ishbilarmonlik muhiti baholandi.
Baholash jami 29 ta ko‘rsatkichlar (indikatorlar) asosida amalga oshirilib, shundan 25 tasi tegishli idoralarning statistik ma’lumotlari, qolgan 4 tasi 17 mingdan ortiq tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari asosida hisoblandi.
LiveBarchasi