Hozircha 100 ta – YPX xodimlarining yangi liboslariga ta’rif berildi
Jamiyat
−
12 fevral 2020
8628Avvalroq, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari yangi formalarda ish boshlagani haqida xabar bergan edik. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizion xodimlariga sinov tariqasida turli mavsumlarga moslashtirilgan maxsus xizmat kiyimlari berilayotganini ma’lum qilib, liboslarga ta’rif berdi.
“Hozirgi kunda bu xizmat kiyimlari sinovdan o‘tkazilayotgan bo‘lib, ularning yengilligi, qulayligi, respublikamiz iqlimiga mosligi, qishki mavsumda qorli va yomg‘irli kunlarda suv o‘tkazmaydigan matodan tikilganligi, qishki xizmat kiyimining ichki qismi issiq saqlovchi mato bilan qoplanganligi bilan ajralib turadi.
Ushbu hizmat kiyilarida YPX xodimlariga xizmat olib borishda bir qator qulayliklar yaratilgan. Masalan: tabiiy matolardan tikilganligi, ranglarining uzoq vaqt saqlanishi, xizmat anjomlarini joylashtirish (epikirovka) uchun maxsus kamar, nur qaytaruvchi tasmalar, xizmat kiyimining orqa qismida xizmat turini bildiruvchi “YPX” yozuvi mavjud”, deyiladi xabarda.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining qayd etishicha, yangi liboslar hozircha 100 nafar YPX xodimiga tarqatilgan.
LiveBarchasi