Homiylik markazlari joriy qilindi. Markazlarning xayriya tashkilotlariga foydasi bormi?
Jamiyat
−
02 aprel 2020
5574O‘zbekistonda koronavirus xavfini va u tufayli aholi zarar ko‘rishini oldini olish maqsadida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari tajribasi joriy qilindi. Bu haqda kecha, 1 aprel kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova ma’lum qildi.
Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, ushbu tizimni joriy qilinishi bilan hozirgi murakkab sharoitda bir qancha masala va muammolarni hal qilishga erishiladi.
"Birinchidan, ushbu tizim xayriya homiylik harakatlarini bitta tizimga jamlab, ularni alohida-alohida, bilib-bilmay qilingan noo‘rin harakatlarning oldi olinadi. Masalan, xayriya qiluvchi o‘zi sog‘ yoki kasallanganini bilmay turib, o‘zgalarning xonadoniga karantin qoidalarini buzgan holda tashrif buyurishi shular jumlasidandir.
Ikkinchidan, xayriya tashkilotlarining bir tizimda jamlanishi ushbu harakatlarning yo‘nalishi manzilli, muddatli va shaffof bo‘lishini ta’minlaydi", deydi Bositxonova.
Shuningdek, vazir o‘rinbosarining aytishicha, ushbu markazlar orqali yuridik va jismoniy shaxslarning beg‘araz yordamlari sanitar-gigiyenik talablar nuqtai nazaridan to‘liq ko‘rikdan o‘tkaziladi. Xayriya mahsulotlari karantin qoidalariga to‘liq amal qilingan holda ehtiyojmandlarga yetkazib beriladi.
LiveBarchasi