Hokimlikning yana bir vakolati qisqartiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, aholi o‘ziga tegishli bo‘lgan uy-joylarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida noturar joy toifasiga o‘tkazish uchun mahalliy hokimlarning qarorlari bilan 11 kunlik muddatda ruxsat oladi. 
 
Biroq, Davlat xizmatlari Agentligi bosh maslahatchisi Oybek Xidayevga ko‘ra, shu kunga qadar amaldagi qonunchilikda noturar joyni qayta turar joy toifasiga o‘tkazish tartibi belgilanmagan. Oqibatda turli xil huquqni qo‘llash amaliyoti vujudga kelib, aholini ayrim hollarda korrupsiya va qog‘ozbozlik holatlariga olib kelishiga zamin yaratib kelgan. 

 Aksar hollarda vakolatli organlar ushbu muddatlarni sababsiz bir oygacha kechiktirilgan holatlar ko‘p kuzatilgan.

 Adliya vazirligi tomonidan mazkur davlat xizmatining ko‘rsatilishini soddalashtirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritildi.
 
Endilikda, taklif etilayotgan tartibda (turardan noturarga va noturardan turar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma berish):

- hokimlarning ruxsat beruvchi qaror qabul qilishi mexanizmini bekor qilish;

- ruxsatnoma berish muddati 11 kunlikdan 4 ish kuniga qisqartirish;

- tuman qurilish bo‘limi tomonidan elektron shaklda ruxsatnomalar berilishi nazarda belgilanmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

hokimlik gnoturar joy

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing