Jizzaxda erkak hokimlik yerini 50 ming AQSH dollariga pullashga urindi (video)
3-sahifa
−
15:21 1395 1 daqiqa
Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 2 gektar yer maydonini 50 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Baxmal tumani Sangzor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 51 yoshli fuqaro qonunga xilof ravishda o‘zi yashayotgan qishloq hududidagi tuman hokimligi zaxirasida turgan 2 gektar yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan. Keyinchalik esa yerni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratib berilishini va’da qilgan.
U mazkur yer maydonini 50 ming AQSH dollariga sotish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Oldindan kelishilgan mablag‘dan 400 million so‘mni G‘allaorol tumani hududida olayotgan paytda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Pop tumanida hokim yordamchisi davlat zaxirasidagi 90 sotix yerni 4500 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi