Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ishni ertaroq boshlash taklif qilinmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi shahar va tuman hokimliklari, shahar boshqarmalari hamda ularga qarashli bo‘linmalarning ish vaqtini 8:00 dan 17:00 gacha etib belgilash taklifini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ymoqda. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ish kunining davomiyligi o‘zgarmaydi – xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlab, bir soat ertaroq yakunlaydi.

Bugungi kunda ko‘plab ijtimoiy muassasalar, ayrim davlat tashkilotlari, shuningdek, ko‘plab korxona va tashkilotlarda ish kuni soat 8:00 da boshlanadi. Shu vaqtdan boshlab shaharda faol hayot boshlanadi, aholi davlat va shahar xizmatlariga murojaat qiladi. Shu bois shahar hokimligi va unga qarashli xizmatlarning ham fuqarolarga ayni vaqtdan boshlab xizmat ko‘rsatishga tayyor bo‘lishi muhim.

Ish jadvallarini uyg‘unlashtirish bir nechta idora ishtirokini talab qiladigan masalalarni tezroq muvofiqlashtirish imkonini ham beradi.

Bildirilishicha, yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan transport oqimlari tahlili va modellashtirilishi shuni ko‘rsatmoqdaki, ish boshlanish vaqtlarini taqsimlash ertalabki tig‘iz paytlarda yo‘l tarmog‘iga tushadigan yuklamani kamaytirishga yordam beradi. Yangi grafik joriy etilganda tushlik vaqti ham shunga mos ravishda tashkil etilib, kun davomida transport oqimlari hamda umumiy ovqatlanish ob’ektlariga tushadigan yuklamani yanada bir maromda taqsimlash imkonini beradi.

“Yakuniy qaror qabul qilishdan oldin poytaxt aholisining fikrini eshitish biz uchun muhim”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, agar taklif ovoz berish natijalariga ko‘ra aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, Toshkent shahar hokimligi uni belgilangan tartibda kelishish uchun kasaba uyushmalari tashkilotlarining ko‘rib chiqishiga kiritadi. Agar taklif aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, belgilangan tartibda kasaba uyushmalari bilan kelishish uchun kiritiladi. So‘rovnoma natijalari joriy yilning 28 avgust kuni sarhisob qilinadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing