Hokimliklar xodimlari shaxsiy avtomobilida kunning istalgan paytida harakatlanishi mumkinmi?

Jamiyat

image

Hokimiyat xodimlari kunning ruxsat berilgan vaqtidan boshqa paytlarda shaxsiy avtrotransport vositalarida harakatlanishi mumkin emas. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva AOKAdagi brifingda ma’lum qildi.

Vazirlik vakili aholidan tushgan savollarga javob qaytardi. Xususan, shahar yoki tuman hokimliklari xodimlari shaxsiy avtomashinalarida belgilangan vaqtlardan tashqari, kunning istalgan paytida harakatlanishi mumkinmi, degan savolga ham javob berdi.

“Respublika hududida karantin e’lon qilingani sababli, fuqarolar o‘zining shaxsiy avtotransport vositalarida kunning belgilangan vaqtidagina maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi mumkin.

Qolgan vaqtlarda esa Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida hamda avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning ro‘yxatida belgilangan asoslar bo‘yicha avtotransport vositasida harakatlanish mumkin.

Maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari va ularning o‘rinbosarlari, hokimlar va ularning o‘rinbosarlarining faqat xizmat avtotransport vositalari keltirilgan.  Lekin siz aytganingizdek, hokimiyat xodimlarining shaxsiy avtrotransport vositalari ushbu ro‘yxatda keltirilmagan”, dedi O‘rinboyeva.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalari, shu jumladan, yo‘nalishsiz taksilarning kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno) taqiqlangan.

Transport vositalari soat 7:00-10:00 va 17:00-20:00 oralig‘ida harakatlanishi mumkin. Bu cheklov stikeri bor va ayrim toifadagi avtomobillarga taalluqli emas.


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

275

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing