Hokimlikdan tadbirkorga 436,6 mln so‘m kompensatsiya undirib berildi
Jamiyat
−
07 avgust
3240Andijon viloyatida tadbirkor foydasiga shahar hokimligidan 436,6 mln so‘m kompensatsiya undirib berildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi Farrux Toshpo‘latov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi MCHJga tegishli yer maydonining ma’lum qismi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olingan bo‘lsada, o‘z vaqtida kompensatsiya pullari berilmagan. Shu sababli, tadbirkor sudga murojaat etgan.
Bo‘ston tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan da’vogar foydasiga javobgar Andijon shahar hokimligidan 436,6 mln so‘m miqdorida kompensatsiya undirish belgilangan.
Sud hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi tomonidan tegishli tartibda ijro harakatlari olib borilgan va natijada shahar hokimligidan tadbirkor foydasiga 436,6 mln so‘m miqdorida kompensatsiya pullari undirib berilgan.
LiveBarchasi