Hokimlarning vakolatlari kamayishi mumkin
Jamiyat
−
14 fevral 2020
7354Hokimlarning vakolatlari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjat bilan mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 2020 yil 1 oktyabrga qadar amalga oshiriladi.
Dasturda:
• hokimlarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish va ularga xos bo‘lmagan hamda bir-birini takrorlaydigan funksiyalarni tegishli organlarga o‘tkazish maslalarini o‘rganish;
• hokimlar faoliyatini baholash bo‘yicha aniq mezonlarni va maqsadli vazifalarni ishlab chiqish;
• mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini kompleks baholash tizimini yaratish maqsadida Hududlarning rivojlanish indeksini ishlab chiqish;
• mazkur Indeksdan kelib chiqib, hududlarga oid siyosatni belgilash, mahalliy byudjetlarga moliyaviy ko‘mak berish hamda rahbarlarni rag‘batlantirish masalalarini o‘rganish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas’ullar - Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
LiveBarchasi