Hokim do‘stlari sovg‘a qilgan mashinani hokimiyatga berdi (video)
Olam
−
19:36 3417 1 daqiqa
Qirg‘izistonda O‘sh shahri hokimi Jenishbek Toktorbayev unga sovg‘a qilingan mashinani hokimiyat ixtiyoriga topshirdi. Bu haqda “Kabar” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jenishbek Toktorbayevning Jaloloboddagi do‘stlari unga “Toyota Land Sruiser 300” rusumli avtomobilni sovg‘a qilgan. Shahar hokimi idorasining bayonotiga ko‘ra, hokim sovg‘ani shaxsiy mulk sifatida saqlash o‘rniga O‘sh shahar hokimligiga o‘tkazishga qaror qilgan.
Uning aytishicha, davlat xalqqa xizmat qiladi va shuning uchun sovg‘a shahar aholisi manfaatlari yo‘lida foydalanilishi kerak.
Ma’lumot uchun, Toktorboyev ushbu lavozimga 2025 yil 23 yanvarda tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘sh shahar hokimi Jenishbek Toktorboyevga xizmat avtomashinasini sovg‘a qilgani haqida xabar berilgan edi. Ochiq manbalarga ko‘ra, hokimga taqdim etilgan rasmiy avtomobil Xitoyda ishlab chiqarilgan, bozor qiymati 17-18 ming AQSH dollari bo‘lgan LiXiang 19 modelidir. Hozirgi kurs bo‘yicha bu taxminan 1 million 800 ming somni tashkil qiladi.
Live
Barchasi