Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilishi bekor qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining navbatdagi saylovi oldidan tuman (shahar) hamda viloyat hokimlarining xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish tartibi bekor qilindi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi majlisida ma’lum qilindi.

Davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida avval hokimlar vakolatida bo‘lgan 33 ta vakolatlar mahalliy Kengashlarga o‘tkazildi. Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa 12 tadan 18 taga ko‘paytirildi. Parlamentning ijro etuvchi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlari va maxsus xizmatlar faoliyati ustidan nazorat funksiyalari kengaytirildi.

Shuningdek, joriy yilning 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda ko‘pgina tartib-taomillar inson omilisiz to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.

Saylovda Qonunchilik palatasining 150 nafar deputati, Senatning 65 nafar a’zosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 65 nafar deputati, viloyatlar va Toshkent shahar, 208 ta tuman (shahar) Kengashlari deputatlari saylanadi. Shunga ko‘ra, 30 mingga yaqin nomzodlar, 90 mingga yaqin ularning ishonchli vakillari saylov jarayonida ishtirok etishi hamda 120 mingdan ortiq saylov komissiyasi a’zolari tashkilotchi sifatida, 70 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar ishtiroki kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo‘lishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat Oliy Majlis Hokimlar xalq deputatlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made