Hokimlar yana bir vakolatidan mosuvo qilinyapti

Jamiyat

image

Va nihoyat O‘zbekiston qonunchiligiga viloyat, tuman, shahar hokimlarining bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas degan norma kiritilmoqda. Bu haqda ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘shma yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Avvalroq deputatlar tomonidan avvalgi muhokamalarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qoida chiqarib tashlangan edi.

Biroq, jamoatchilik tomonidan berilgan takliflarda bunday o‘zgarishning o‘zi yetarli emasligi, ya’ni hokimlar xalq deputatlari Kengashlarida rahbar bo‘la olmasligi aniq ko‘rsatilishi kerakligi bildirilgan.

Shunga muvofiq, deputatlar taklifi bilan “hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas” degan qat’iy norma o‘rnatilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Xalq deputatlari  Buxoro viloyat Kengashi raisi viloyat hokimi Botir Zaripov hisoblanadi. Qolaversa, Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi raisi ham viloyat hokimi Ergash Soliyevdir.

Eslatib o‘tamiz, sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bir vaqtning o‘zida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining raisi sifatida ham faoliyat yuritgan edi. U hokimlik lavozimidan ketganidan so‘ng ko‘p o‘tmay Kengash raisligini ham tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Hokimlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing