15 tuman hokimi uch oyda ish ko‘rsatmasa, ishdan olinadi
Jamiyat
−
16 iyun 24477 1 daqiqa
O‘zbekistondagi 15 tumanning hokimlari uch oyda rejaga chiqmasa, barchasi ishdan olinadi. Bu haqda bugun, 16 iyun kuni amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, birinchi yarim yillikda 2 million 600 ming aholini band qilish, 722 ming odamni kambag‘allikdan chiqarish reja qilingan. Lekin mablag‘ va sharoit bo‘lsa-da, bandlik rejasi 15 ta tumanda to‘liq bajarilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Bular – Muborak, Bo‘ston, Vobkent, Marhamat, Farg‘ona, Zangiota, Do‘stlik, Chortoq, Qorao‘zak, Uychi, Xonobod, Yangibozor, Parkent, Arnasoy va Uchko‘prik tumanlari.
Ushbu tuman hokimlari uch oyda rejaga chiqmasa, barchasi ishdan olinishi qayd etildi.
Aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha Uchquduq, Angren va Karmanada ishlar sustligi ko‘rsatib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining o‘zi rahbarlik qilishi belgilangandi. Buning uchun tuman hokimining vakolatlari kengaytiriladi. Shuningdek, ayrim hududlarda ishlar sustligi ko‘rsatib o‘tildi. Hokimlar natija bo‘lmasa, mablag‘ qaytarib olinishi haqida ogohlantirildi.
Live
Barchasi