Hokim o‘rinbosarlari soni qisqartiriladi

Jamiyat

image
Hokimlar va hokimlikda ishlaydiganlarning oyligi oshiriladi north_east

Hokimlar va hokimlikda ishlaydiganlarning oyligi oshiriladi

Tuman va shahar hokimliklari faoliyatini takomillashtirishga doir O‘zbekiston Prezidenti Farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Farmon loyihasiga ko‘ra, 2026 yilning oxiriga qadar 32 ta tuman va shaharda boshqaruvning yangi tartibi joriy etiladi.

Unda 9 ta vazirlik va idoraning hududiy bo‘linmalari hokimlik tuzilmasiga o‘tkaziladi. Jumladan:

  • Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
  • Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
  • Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
  • Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
  • Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
  • Madaniyat vazirligi;
  • Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi;
  • Yoshlar ishlari agentligi.

Shuningdek, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlarining sonini 4 nafar etib belgilash taklif qilinmoqda. Qayd etish joiz, bugungi kunda tuman hokimlarining 6 nafar o‘rinbosari bor.


Maqola muallifi

Teglar

hokim o'rinbosarlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing