Surxondaryo hokimiga 2 yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Surxondaryo viloyati hokimiga 2 nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, Anvar Xomitovich Oripov Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

U tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Farhodjon Vohobovich Ismoilov Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Tayinlovga qadar u Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryoga tashrifi doirasida davlat rahbari ishtirokida Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident viloyat deputatlari va faollari bilan maslahatlashib, viloyat hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Ulug‘bek Berdiqobilovich Qosimov nomzodini Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo hokim o'rinbosarlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing