Hokim o‘rinbosarini yoqib yuborgan tadbirkor Toshkentga keltirildi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani bugungi kunda butun O‘zbekistonning diqqat markazi qaratilgan hudud bo‘lib turibdi. Tuman hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayevning tadbirkor Bahriddin Isomov tomonidan benzin sepib, yoqib yuborilishi “snos”lar masalasi naqadar jiddiy tus olganini isbotladi. Amaldorning bedodligi ortidan endi Isomov sudma-sud, tergovma-tergov yurishiga to‘g‘ri keladi.

Hozirda Bahriddin Isomovga nisbatan ochilgan ish sud-psixiatriya ekspertizasi bosqichiga yetib kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, ayblanuvchi Bahriddin Isomovga nisbatan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanib, JIB Yakkabog‘ tumani sudining 22 iyuldagi ajrimi bilan statsionar tartibda sud-psixiatriya ekspertizasi o‘kazish uchun Toshkent shahriga yuborilgan.

Ayblanuvchi Bahriddin Isomov qarindoshlari tomonidan taklif qilingan himoyachisi X.Jabborov bilan holi uchrashiga sharoit yaratib berilgan.

22 iyulda Bahriddin Isomov turmush o‘rtog‘i Nodira Haydarova va o‘g‘li Sharofiddin Daminov bilan uchrashuv tashkil qilib berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Yakkabog‘ tumani hokimining o‘rinbosari Mansur Tuymayevning hayotiga suiqasd qilganligi holati yuzasidan joriy yilning 20 iyulida Bahriddin Daminovich Isomovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bahriddin Isomovning himoya huquqi ta’minlanib, himoyachisi Sh.G‘ayirov ishtirokida gumon qilinuvchi tariqasida so‘roq qilingan. Bahriddin Isomov 21 iyulda JPKning 221-moddasi tartibda ushlanib, bu haqida yaqin qarindoshlariga ma’lum qilingan va qarindoshlari tomonidan olib kelingan kiyim kechak va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangan.

22 iyulda Bahriddin Isomovga ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yakkabog' Bahriddin Isomov Mansur Tuymaev

Baholaganlar

311

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing