Hokim o‘rinbosari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi xayriya mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi
Jamiyat
−
18 may 2020
20527“Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi xayriya mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda bugun, 18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Oqqo‘rg‘on tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.A. va tuman “Mahalla“ xayriya jamoat fondi hisobchisi B.N.lar oldindan til biriktirib, tumandagi ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mahalla“ xayriya jamoat fondiga hamda 2020 yilda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larni turli yo‘llar bilan naqdlashtirib, jami 109,2 mln. so‘m pullarni o‘zlashtirishgan.
Shu bilan birga, 2020 yilda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lardan 44 mln. so‘mni maqsadsiz sarflab, rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan 16.05.2020 yilda Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi