“Hizbulloh” yangi rahbar tayinlanganini rad etdi

Olam

image

Livandagi “Hizbulloh” harakati Hasan Nasrulloh o‘limidan so‘ng harakat ijroiya kengashi raisi Hoshim Safi ad-Dinning bosh kotib lavozimiga tayinlanganini rad etdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

“Hizbulloh”  yozma bayonotida ba’zi matbuotda yangi bosh kotib tayinlanishi haqidagi xabarlarning hech qanday ahamiyati yo‘qligini ta’kidladi.

“Biz ba’zi ommaviy axborot vositalarida Bosh kotib (Nasrulloh) shahid bo‘lganidan keyin “Hizbulloh”  rahbariyatidagi tashkiliy tartib-qoidalar haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqiy emasligini aniq aytmoqchimiz”, deyiladi bayonotda.

Unda, shuningdek, “Hizbulloh”  rahbariyatining bu boradagi ishlari davom etayotgani ta’kidlanadi. Guruh rahbariyati rasmiy bayonotga qadar bunday xabarlarga ishonmaslikka chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Livandagi “Hizbulloh”  guruhining Sho‘ro kengashi (asosiy boshqaruv organi) Hoshim Safi ad-Dinni tashkilotning yangi bosh kotibi etib saylagani xabar qilingandi. Hoshim Safi ad-Din 1964 yilda Livan janubidagi Dayr qonun an-Nahr shahrida tug‘ilgan. U Najaf va Qumda Nasrulloh bilan mashg‘ulot o‘tkazgan va 1982 yilda “Hizbulloh” ga asos solgan. 1994 yilda Safi ad-Din ijroiya qo‘mita rahbari bo‘lib, o‘sha paytga qadar butun guruhni boshqargan Nasrulloh o‘rnini egalladi.

Manbalarga ko‘ra, Nasrulloh o‘z amakivachchasini vafot etgan taqdirda 2008 yilda merosxo‘r etib tavsiya qilgani haqida ma’lumotlar bor.

“Al Arabiya” nashrining yozishicha, Safi ad-Din 30 yil davomida guruhning maxfiy ishlari bilan shug‘ullangan va umumiy strategiyani ishlab chiqishni Nasrullohga topshirgan. BBC Arabic’ning aniqlik kiritishicha, u “Hizbulloh”ning siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etgan. 2017 yilning may oyida AQSH va Saudiya Arabistoni Safi ad-Dinni terrorchilar ro‘yxatiga qo‘shgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Hasan Nasrulloh Hoshim Safi ad-Din “Hizbulloh” harakati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made