“Hizbulloh”ning yangi yetakchisi Netanyaxuni o‘ldirish bilan tahdid qildi

Olam

image

Livandagi “Hizbulloh” harakatining yaqinda saylangan yangi rahbari Naim Qosim ilk bor omma oldida chiqish qilib, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni yo‘q qilish bilan tahdid qildi. Bu haqda “Ynet” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bugun, 30 oktyabr kuni “Hizbulloh” rahbari Naim Qosim nutq so‘zlab, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga tahdid qilgan. Xususan, Qosim avvalroq “Hizbulloh” tomonidan uchirilgan dron Netanyaxu qarorgohiga borib urilganini va shu safar u tirik qolganini ta’kidlagan. Shuningdek, u Netanyaxu qachon o‘lishini bilmay qolishini, ehtimol bu uning qaysidir nutqida yuz berishi mumkinligini bildirgan.

Bundan tashqari, Naim Qosim “Hizbulloh” sobiq rahbari, Isroil tomonidan yo‘q qilingan Hasan Nasrulloh olib borgan ishni davom ettirishga sodiqligini, Nasrulloh yo‘lidan borishini bildirgan. 

Qosim, shuningdek, Eronning qo‘llovini ta’kidlab, Tehron “Hizbulloh”ni qo‘llashi evaziga hech narsa talab qilmasligini aytgan. U harakat har qanday arab yoki islom davlatidan yordam qabul qilishga tayyor ekanini ham ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Naim Qosim o‘zidan oldingi rahbarlar Hasan Nasrulloh va Hoshim Safi ad-Din yo‘lidan boradigan bo‘lsa, uning lavozimda qolish muddati bu tashkilot tarixidagi eng qisqalaridan biri bo‘lishi mumkinligi bilan tahdid qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Hizbulloh” Bin'yamin Netan'yaxu Naim Qosim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing