Isroildagi saylovdan söng Netanyaxuning siyosiy kelajagi söroq ostida

Olam

−

image

Isroilda parlament saylovlarida Binyamin Netanyaxu boşçiligidagi hukmron koalitsiya va uning raqiblari hukumat tuziş uçun zarur bölgan köpçilik örinni qölga kirita olmasligi mumkin. Bu haqda BBC xabar berdi.

Isroilning 3 ta yirik telekanali e’lon qilgan natijalarga köra, sobiq harbiy boşliq Gadi Ayzenkot boşçiligidagi muxolifat bloki parlamentda 51–53 ta örinni, Netanyaxu boşçiligidagi öng qanot koalitsiyasi esa taxminan 50–52 ta örinni egallaşi mumkin. Hukumat tuziş uçun 120 örinli parlamentda kamida 61 ta deputat örni talab etiladi.

Dastlabki prognozlarga köra, arab partiyalari parlamentda 18–19 ta öringa ega bölişi mumkin. Şu sababli yangi hukumatni şakllantirişda ular muhim rol öynaşi kutilmoqda. Biroq Netanyaxu arab partiyalariga tayanadigan hukumat tuzişga qarşi ekanini bildirgan. Ayzenkot boşçiligidagi muxolifat esa ular bilan muayyan şartlar asosida hamkorlik qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda.

Saylovdan keyin Ayzenkot öz tarafdorlariga murojaat qilib, ular tarix yaratganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, saylovçilar qarori barça Isroil fuqarolari manfaatlarini hisobga oladigan barqaror hukumat tuzişga xizmat qilişi kerak.

Sobiq boş vazir Yair Lapid esa Netanyaxu boşçiligidagi blok saylovda jiddiy mağlubiyatga uçraganini bildirdi.

Netanyaxu ham öz tarafdorlariga murojaat qilib, öng qanot bloki köpçilikka ega ekanini ta’kidladi va kuçli milliy hukumat tuzişga çaqirdi. Biroq telekanallarning yangilangan exit-poll natijalarida ikki blok örtasidagi farq juda kiçik ekani körsatildi.

Isroil Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotiga köra, saylovçilarning 77,7 foizi ovoz berişda qatnaşgan. Bu 1999 yildan beri qayd etilgan eng yuqori körsatkiçlardan biri hisoblanadi.

Rasmiy natijalar e’lon qilinib, siyosiy fraksiyalar bilan maslahatlaşuvlar ötkazilgaç, Isroil prezidenti hukumat tuziş imkoniyati eng yuqori deb hisoblangan partiya yetakçisiga koalitsiya şakllantirişni topşiradi. Bu jarayon bir neça hafta davom etişi mumkin. Agar siyosiy kuçlar kelişuvga erişa olmasa, mamlakatda parlament saylovlari yana ötkazilişi ehtimoli bor.

Saylov 2023 yilning 7 oktyabr kuni HAMAS boşçiligidagi hujum va undan keyin Ğazo, Livan hamda Eronda yuz bergan uruşlardan söng ötkazilgan ilk parlament saylovi böldi.

Saylovoldi kampaniyasida 7 oktyabr hujumiga olib kelgan xavfsizlikdagi kamçiliklar uçun javobgarlik, mintaqadagi uruşlar, harbiy xizmat majburiyatlarini taqsimlaş, sud islohotlari va Isroilning xalqaro maydondagi mavqei asosiy masalalar qatorida böldi.

Isroil Markaziy saylov komissiyasi ovoz beriş vaqtini uzaytiriş haqidagi murojaatlarni rad etgan. Komissiya saylovçilarning yuqori faolligi muddatni uzaytiriş uçun asos böla olmasligini bildirgan.

Yakuniy natijalar exit-poll körsatkiçlaridan farq qilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Isroilda 2023 yil 7 oktyabrda Falastinning HAMAS harakati tomonidan uyuştirilgan hujumdan keyingi ilk parlament saylovlarida ovoz beriş boşlangani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing