“Hizbulloh” Isroil shimoliga o‘nlab raketalar uchirdi

Olam

image

Livandagi “Hizbulloh” harakati Isroil shimolidagi harbiy bazaga “Katyusha” deb nomlangan raketalari bilan hujum uyushtirdi. Bu haqda “Islamic Republis News Agancy” xabar berdi.

Qayd etilishicha, harbiy bazaga zarba Isroil tomonining Livan janubini o‘qqa tutishiga javoban amalga oshirilgan. Bayonotda mamlakat shimolidagi Gatun kazarmasida joylashgan Isroil armiyasining 146-brigadasi o‘nlab “Katyusha” raketalari bilan nishonga olingani ma’lum qilingan.

Livanning “Al-Manar” telekanaliga ko‘ra, portlashlar ovozi Nahariya shahridan Hayfa shahridagi Al-Kariyot hududigacha eshitilgan.

Isroil tomoni esa Livanning janubidan Isroil shimolidagi Kabri hududiga 30 ta raketa otilganini, ammo qurbon bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham “Hizbulloh” harakati “Katyusha” raketalari bilan Isroil shimolidagi Suriel qishlog‘iga hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

raketa Isroil Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing