“Hizbulloh” Isroil shimoliga raketa hujumi uyushtirdi 

Olam

image

Livandagi “Hizbulloh” harakati “Katyusha” raketalari bilan Isroil shimolidagi Suriel qishlog‘iga hujum qildi. Bu haqda harakat bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Isroil-Livan chegarasidagi Suriel aholi punkti birinchi marta zarbaga uchragan. “Hizbulloh” Isroil armiyasining Livandagi tinch aholiga hujumiga javoban turarjoyga o‘nlab “Katyusha” raketalari otilganiga ishora qildi.

Boshqa tomondan, Isroil qo‘shini Livan janubidan yuqori Jalilaga otilgan 10 ta raketaning ko‘pining havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatilganini bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Jalila mintaqasida havoda uchayotgan raketalar va portlash tovushlari aks etgan kadrlar joylashtirildi.

Ma’lumot uchun, 22 iyul kuni Isroil armiyasi tomonidan Livan janubidagi Sur va Adloun shaharlaridagi qurol-yarog‘ omboriga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida mintaqada kuchli portlashlar sodir bo‘lgan, kamida uch kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made