“Hizbulloh” Eron rejasidan qat’i nazar yaqinda Isroilga hujum qilishi mumkin – SNN
Olam
−
08 avgust
4150Livanning “Hizbulloh” harakati Eronning rejalaridan qat’i nazar, yaqin kunlarda Isroilga hujum qilishi mumkin. Bu haqda razvedka ma’lumotlaridan xabardor ikki manbaga tayanib, CNN xabar bermoqda.
Razvedka xizmati ma’lumotlaridan boxabar bo‘lgan ikki insayderga ko‘ra, Eron HAMAS siyosiy byurosi yetakchisi Ismoil Xoniyaning o‘ldirilishiga qanday javob berish muddatini cho‘zayotgan bir paytda, “Hizbulloh” Isroilga tezda zarba berib, rejasini amalga oshirishini mumkin. Ma’lumotlarni ochiqlagan manbalarning so‘zlariga qaraganda, bu zarba yaqin kunlar ichida amalga oshishi mumkin. Biroq aniq sana keltirib o‘tilmagan.
“Livanning shimoldagi bevosita qo‘shnisi sifatida Isroilga yaqinligini hisobga olsak, “Hizbulloh” hech qanday ogohlantirishsiz Isroilga qarab harakat qilishi mumkin. Bu esa Eronga to‘g‘ri kelmaydi”, degan manbalardan biri.
SNN xabarida keltirilishicha, yaqinlashib kelayotgan hujumlar o‘tgan hafta Isroilning “Hizbulloh”ning oliy harbiy qo‘mondoni Fuad Shukrning o‘ldirilishiga javoban amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Xoniyaning o‘limi uchun qasos olishga ham qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh Isroilga hujumlar qayerdan bo‘lishini oshkor qilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi