Hisob palatasiga rais va uning birinchi o‘rinbosari tayinlandi
Jamiyat
−
29 yanvar
9733Adiz Muzaffarovich Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga, Mehriddin Razzoqovich Abdullayev esa palata raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Prezident raisligidagi yig‘ilishda Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Adiz Muzaffarovich Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga, palata raisi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan Mehriddin Razzoqovich Abdullayev palata raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.
Adiz Boboyev 1972 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, ma’lumoti - oliy. 1993 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Mehriddin Abdullayev esa 2020 yil yanvaridan 2023 yil martigacha aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
U 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
LiveBarchasi