Hindistondagi yomg‘irlar tufayli 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Olam

image

Hindistonning shimoliy Ximachal-Pradesh shtatida ikki oy ichida yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 300 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Hindustan Times” xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 155 nafari bevosita yomg‘ir bilan bog‘liq hodisalarda – ko‘chki, to‘satdan suv bosishi va kuchli jala tufayli vafot etgan, qolganlari esa yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lgan.

Kuchli musson yomg‘irlari butun shtat bo‘ylab infratuzilmaga katta zarar yetkazgan, asosiy xizmatlarning ishlashini izdan chiqargan. Mahalliy va davlat resurslari safarbar qilinib, vayron bo‘lgan hududlarda tozalash va tiklash ishlari olib borilmoqda. Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelayotgan ko‘chki va sel oqimlari tiklash ishlarini ham qiyinlashtirmoqda. 

Hokimiyat aholiga, ayniqsa, tog‘li hududlarda yashovchilarga hushyorlikni saqlash va zarur bo‘lmagan safarlardan tiyilish zarurligini eslatgan, chunki ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘irlar davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, Ximachal-Pradeshda yomg‘ir mavsumi iyun oxiridan sentyabrgacha davom etadi va shu davrda yillik yog‘inning katta qismi yog‘adi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning shimolidagi Uttarkashi shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida toshqin yuzaga kelib, u butun bir qishloqni butkul vayron qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Ximachal-Pradesh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing