Hindistondagi ko‘chki qurbonlari soni 358 kishiga yetdi
Olam
−
04 avgust
4913Hindiston janubidagi Kerala shtatida kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan ko‘chkilar qurbonlari soni 358 kishiga yetdi. Bu haqda “India Today” xabar berdi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari hamon davom etmoqda. Bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida 200 dan ortiq kishi bor. Hindiston armiyasi vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirish uchun mintaqaga yordamchi maxsus radarlarni yubordi. Rasmiylar avvalroq Kerala tarixidagi eng dahshatli tabiiy ofatlardan biriga duch kelganini aytgan edi. Hozirda shtatda 1500 dan ortiq askar yordamida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qutqaruvchilar elektr quvvati yo‘qligi, qulagan daraxtlar va vayron bo‘lgan ko‘priklar sabab qidiruv ishlari qiyin kechayotganini xabar qilgan.
Shtatdagi tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan 8300 dan ortiq kishi lagerlarga evakuatsiya qilingan. Kuchli yomg‘irlar tufayli Kerala shtatida ko‘chkilar sodir bo‘lib, infratuzilma va yo‘llarga jiddiy zarar yetgan. Jabrlangan Churalmala qishlog‘ida 200 ta uy vayron bo‘lgan.
Rasmiylar halok bo‘lganlarning qarindoshlari uchun 2400 dollar va jarohatlanganlarning har biri uchun 600 dollardan to‘lashini e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda ko‘chki sabab 150 dan ortiq odam halok bo‘lgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi