Hindistonda “sariq mog‘or”dan birinchi o‘lim qayd etildi

Olam

image

Hindistondagi shifoxonada “sariq mog‘or” kasalligi aniqlangan ilk bemor vafot etdi. Bu haqda PTI agentligi uning davolovchi shifokoriga asoslanib xabar bergan.  

Koronavirus infeksiyasi fonida 59 yoshli Kunvar Singxda birdaniga uch turdagi zamburug‘li kasallik — “qora”, “oq” va “sariq mog‘or” aniqlangan. 

“Kunvar Singx davolanayotgan edi, ammo qonining toksinlar bilan zaharlangani tufayli vafot etdi”, degan shifokor. 

Bemor 28 may kuni, unga “sariq mog‘or” tashxisi qo‘yilganidan to‘rt kun o‘tib vafot etgan. 

Shuningdek, ayni paytda “sariq mog‘or”ga chalingan yana bir bemor o‘sha shifoxonada davolanmoqda, uning zararlangan yuz jag‘ining yarmi olib tashlangan. 

Eslatib o‘tamiz, Hindistonning G‘oziobod shahrida “oq mog‘or” va “qora mog‘or” infeksiyalari ortidan “sariq mog‘or” tarqalishi qayd etilgandi. 

Bungacha Hindistonda “qora mog‘or” (mukormikoz) bilan kasallanganlar soni to‘qqiz mingga yaqinlashgani ma’lum bo‘lgandi. Qo‘ziqorin infeksiyasi COVID-19 ning yon ta’siri sifatida paydo bo‘ladi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, buning sababi koronavirusni davolashda ishlatiladigan steroidlarda bo‘lishi mumkin. Kasallik koronavirusdan qutulgandan 12-18 kun o‘tgach aniqlanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, mukormikoz bilan kasallangan barcha bemorlar diabetga chalingan, bemorlarning hech birida qonda shakar darajasi normal bo‘lmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston sariq mog'or

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing