Hindistonda poyezd relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Hindiston shimolida bugun, 18 iyul kuni yo‘lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Davlatning yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha komissari Navin Kumarning aytishicha, halokat joyiga o‘nlab qutqaruvchilar, 40 kishilik shifokorlar guruhi va tez tibbiy yordam brigadasi hamda 15 tez yordam mashinasi yetib kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlanganlar shifoxonalar va hukumatning sog‘liqni saqlash markazlariga yetkazilgan.

Temiryo‘l rasmiylari ayni paytda hodisa sabablari o‘rganilayotganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda Hindistonning sharqiy qismida poyezd halokati 280 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan edi. 12 milliondan ortiq odam mamlakat bo‘ylab kuniga 14 mingta poyezdda harakatlanib, 64 ming kilometr (40 ming milya) yo‘lda sayohat qiladi. Hukumatning temiryo‘l xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlariga qaramay, har yili bir necha yuzlab baxtsiz hodisalar sodir bo‘ladi, ularning aksariyati inson xatosi yoki eskirgan signalizatsiya uskunalari bilan bog‘liq. Poyezdlar to‘qnashishi ortidan, mamlakat Kongressi Bosh vazir Narendra Modi hukumatini mutlaqo noto‘g‘ri boshqaruv siyosatini olib borayotganlikda ayblab, so‘nggi 10 yil ichida Temiryo‘l vazirligi hukumatning noto‘g‘ri boshqaruviga asoslanib ish tutayotganini da’vo qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda poyezd vagonlari relsdan chiqib ketgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Hindiston rel's Temiryo'l vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing