Hindistonda noma’lum kasallik tarqalishining taxminiy sababi aytildi

Olam

image

Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi Eluru shahrida noma’lum kasallikning avj olishiga qo‘rg‘oshin va nikeldan zaharlanish sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu moddalar bemorlarning qonidan topilgan.

Biroq, bu ma’lumotlar hali yakuniy emas. Bemorlarning koronavirusga topshirgan testida manfiy natija qayd etilgan. 

"Rasmiylar odamlar kasal bo‘lib qolgan joylarga tashrif buyurganidan keyin biz bu kasallikka suv yoki havoning ifloslanishi sabab emasligini taxmin qildik. Bu qandaydir sirli kasallik, faqat laboratoriya tahlillarigina uning nima ekanini ko‘rsatib beradi", degan shtat Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, Andxra-Pradesh shtatidagi Eluru shahrida noma’lum kasallik avj olgan edi. Odamlar kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va ko‘ngil aynishidan shikoyat qilgan. 500 dan ortiq odam tibbiy yordamga murojaat qilgan, ulardan biri vafot etgan


Maqola muallifi

Teglar

HINDISTON

Baholaganlar

497

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing