iPhone zavodi ishchilari maoshidan norozi bo‘lib, isyon ko‘tardi
Olam
−
14 dekabr 2020
6368Apple kompaniyasining Hindistondagi iPhone ishlab chiqariladigan zavodida ishchilar g‘alayon ko‘tarishdi. Bu haqda “Newsflare” tomonidan xabar berilgan.
Manbaga ko‘ra, hodisa Karnataka shtatidagi Wistron Corp zavodi oldida yuz bergan. Zavod oldiga mingga yaqin ishchi to‘plangan.
Qayd etilishicha, Wistron Corp Apple kompaniyasining pudratchisi hisoblanadi. Uning zavodlarida byudjetbop iPhone SE smartfonlari ishlab chiqariladi.
Tartibsizliklar paytida norozi xodimlar ish haqining faqat bir qismini olganliklaridan shikoyat qilishgan va oylikni to‘liq to‘lashlarini talab qilishgan.
Mojaro oqibatida bitta mashina yoqib yuborilgan, ammo politsiya xodimlari ishchilarni tarqatib yuborishga muvaffaq bo‘lgan.