Hindistonda 300 dan ortiq odam noma’lum kasalikka chalindi
Olam
−
07 dekabr 2020
9131Janubiy Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi Eluru shahrida yashovchi fuqaro noma’lum xastalikdan vafot etdi. Yana 315 nafar fuqaro esa xuddi shu aniqlanmagan kasallik alomatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda "Hindu" gazetasi xabar bergan.
Noma’lum kasallik alomatlarini boshdan o‘tkazgan bemorlar ikki kun avval, 5 dekabrdan shifoxonalarga murojaat qilishni boshlagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning soni 315 taga yetgan, shulardan 46 nafari bolalardir.
Shifokorlarning aytishicha, bemorlarda hushidan ketish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va epilepsiya alomatlari sezilgan. Ularda koronavirus aniqlanmagan.
Bemorlar iste’mol qilgan suv va oziq-ovqat, shuningdek, ularning qon namunalari laboratoriyaga tahlil qilish uchun yuborilgan.
Shifokorlarga ko‘ra, ular havoning ifloslanishi natijasida yoki sifatsiz mahsulotdan foydalanganligi sababli biron infeksiyaga chalingan bo‘lishi mumkin.