JSST noma’lum kasallikni o‘rganish uchun Hindistonga mutaxassislar yubordi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari Hindiston aholisi noma’lum kasallikdan aziyat chekayotgan Eluru shahriga yetib kelishdi. Bu haqda mahalliy OAVga asoslanib xabar berilgan. 

Ta’kidlanishicha, u yerga ikki nafar mutaxassis yetib kelgan.

Janubiy Hindiston aholisi 5 dekabrdan noma’lum kasallik alomatlari bilan shifoxonalarga murojaat qilishni boshlagan

Bemorlarda hushidan ketish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va epilepsiya alomatlari kuzatilgan.

Bemorlarning koronavirusga topshirgan testida manfiy natija aniqlangan. 

"Times of India" gazetasining yozishicha, toksik xlor birikmalar va chivinga qarshi vositalar kasallikka sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, kasallikning avj olishiga qo‘rg‘oshin va nikeldan zaharlanish sabab bo‘lishi mumkin, degan taxminlar mavjud


Maqola muallifi

Teglar

JSST HINDISTON

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing