Hindistonda “qora mog‘or”ga chalingan bemorlarning ko‘zlari olib tashlanmoqda
Olam
−
23 iyun 2021
30742Hindistonda shifokorlar “qora mog‘or” deb nomlanuvchi mukormikozning yanada keng tarqalishining oldini olish uchun ayrim hollarda bemorlarning bir ko‘zini olib tashlashiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda “The Washington Post” xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, infeksiya tushgan joy ko‘p hollarda ko‘z bo‘lmoqda, shuning uchun uni saqlab qolishning imkoni bo‘lmayapti.
“Agar ko‘zga infeksiya tushsa, ko‘z qovog‘ini, ko‘z atrofidagi mushaklarni olib tashlab, faqat ko‘z chuqurchasini qoldirish kerak”, degan Mumbaylik okuloplastik jarroh Akshay Nair.
Shifokorning ta’kidlashicha, odamlar koronavirusdan ko‘ra ko‘proq “qora mog‘or”dan vafot etishadi. Ko‘z infeksiyasiga chalingan bemorlarning hayot darajasi 70 foizni tashkil qiladi. Ammo infeksiya miyaga kirsa, tirik qolish ehtimoli 10-15 foizgacha kamayadi.
Avvalroq, Hindistonning Maxarashtra shtatida koronavirus infeksiyasining “delta plyus” (B.1.617.2.1) deb nomlangan yangi turi bo‘yicha 20 ta holat aniqlangani haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonning Induar shahrida koronavirusga chalingan bemorda zamburug‘ kasalligi — “yashil mog‘or” aniqlandi.
Hindistonda hozirgacha “oq mog‘or”, “qora mog‘or” va “sariq mog‘or” infeksiyalari qayd etilgan.
LiveBarchasi