Hindistonda chaqaloqlar metapnevmovirus bilan kasallandi

Olam

image

Hindiston Tibbiy tadqiqotlar kengashi (ICMR) Karnataka shtatida metapnevmovirus (HMPV) bilan kasallangan ikki holatni qayd etdi. Bu haqda "Hindustan Times" nashri xabar berdi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, ikkala holat ham bronxopnevmoniya (bronxit va pnevmoniya alomatlari va belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan kasallik) bilan bog‘liq. Shifoxonaga yotqizilgan ikki nafar chaqaloqda metapnevmovirus aniqlangan. Anamnezida bronxopnevmoniya bo‘lgan uch oylik qizcha davolanishdan so‘ng chiqarilgan, sakkiz oylik o‘g‘il bola esa hali ham davolanmoqda.

Bemorlarning birortasi ham mamlakatdan tashqariga sayohat qilmagan. Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi virus butun dunyo, shu jumladan, mamlakatda ham faol tarqalayotganini ta’kidladi.

Biroq ICMR va kasalliklar monitoringi dasturi (IDSP) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tkir respirator kasalliklar sonining sezilarli o‘sishi kuzatilmagan. Hindistonda respirator kasalliklarning ehtimoliy tarqalishini boshqarish uchun muntazam o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Bu mamlakatga kasallanish sonining ko‘payishiga tayyor bo‘lish va har qanday tahdidlarga samarali javob berish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xitoylik shifokorlar mamlakatda inson metapnevmovirusi (hMPV) tarqalishini qayd etgandi. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan xabarga ko‘ra, mamlakatda 30 kishi Xitoyda tarqalayotgan virusga chalingan. Sanitariya-epidemiologiya nazorati qo‘mitasining aniqlik kiritishicha, epidemiya mavsumi boshidan buyon respublika bo‘yicha grippdan tashqari viruslarga 8360 ta namunalar tekshirilgan. Shuningdek, Qirg‘izistonda 2024 yilning oktyabr-dekabr oylarida (40-52-haftalar) 1 144 ta bemordan tahlillar olingan va shundan 2 holatda metapnevmovirus aniqlangan. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkichlar 1,2 foizni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

chaqaloq metapnevmovirus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing