Hindistonda birinchi haydovchisiz metro ishga tushirildi
Olam
−
29 dekabr 2020
2258Kecha, 28 dekabr kuni Hindistonning Nyu-Dehli shahrida mamlakatdagi birinchi haydovchisiz metro ochildi. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi uning ochilish marosimini o‘tkazdi.
"Birinchi haydovchisiz metro poyezdining ochilishi Hindistonning intellektual tizimlarga qanchalik tez qadam tashlayotganini ko‘rsatadi. Bizda 2014 yilda atigi beshta shaharda metro bo‘lgan, bugungi kunda esa 18 ta shaharda mavjud. 2025 yilga qadar biz ushbu xizmatni 25 dan ortiq shaharda yo‘lga qo‘yamiz", degan virtual marosim paytida Bosh vazir Modi.
Ma’lumot o‘rnida, haydovchisiz poyezdlar to‘liq avtomatlashtiriladi, bu esa odamlarning minimal aralashuvini talab qiladi hamda inson omili va transportni boshqarishdagi xatolarni istisno qiladi.
Qayd etilishicha, shahardagi olti vagonli yangi poyezdlar 2 ming 280 nafar yo‘lovchini qabul qila oladi.
Hozirgi vaqtda Dehli metrosi 285 ta stansiyani o‘z ichiga olgan uzunligi 390 km bo‘lgan 11 ta liniyadan iborat tarmoqdir.