Hindistonda avtobus daraga qulab tushdi. 36 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
04 noyabr
2247Hindistonning shimolidagi Marchula shahri yaqinida avtobus qariyb 200 metr balandlikdan daraga qulab tushdi. Bu haqda “Times of India” xabar berdi.
Uttaraxand shtatida avtobus daraga qulab tushishi oqibatida 36 kishi halok bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda jami 45 kishi bo‘lgan.
“Kamida besh kishi bedarak yo‘qolgan. Yana bir nechtasi jarohat oldi va davolanish uchun yaqin atrofdagi shifoxonalarga olib ketildi”, dedi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Rasmiylar avtohalokatga mexanik nosozlik sabab bo‘lgan yoki yo‘qligini o‘rganmoqda.
Mahalliy aholi qutqaruvchilarga vayronalar ostida qolib ketgan yo‘lovchilarni topishda yordam bergan. NDTV kanaliga ko‘ra, rasmiylar tomonidan jabrlanganlarga tovon puli to‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Misrda avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lib, 33 kishi jarohat olgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi