Hindistondagi shifoxonada 45 yoshli o‘zbekistonlik ayol o‘z joniga qasd qildi
3-sahifa
−
12 iyun
12669Kecha, 11 iyun kuni 45 yoshli o‘zbekistonlik ayol Hindistondagi xususiy shifoxona hammomida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, “Deccan Herard” nashri xabar berdi.
Hodisa Uttar-Pradesh shtatining G‘oziobod tumanidagi Kaushambi shahrida sodir bo‘lgan. Tibbiyot muassasasi xodimlarining aytishicha, o‘zbekistonlik ayol 25 may kuni jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi uchun shifoxonaga yotqizilgan.
“U tuzalgandi va ikki kun ichida shifoxonadan chiqarilishi kerak edi”, deydi tibbiyot muassasasi shifokori Ruchi Ranavat.
Shuningdek, ayol bilan birga turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li ham bo‘lgan. Bemorga eri donorlik qilgan.
Indirapuram politsiyasi komissari yordamchisi Svatantra Kumar Singxning aytishicha, voqea sodir bo‘lgan kun Zulfiya shifoxonadagi xonasining hammomiga kirgan, ammo ayolning eri uning uzoq vaqtdan beri yuvinish xonasidan chiqmaganini sezib, shifoxona xodimlariga xabar bergan.
Shifoxonaning xavfsizlik xodimlari Kaushambi politsiya bo‘limiga xabar berishgach, politsiya xodimlari Zulfiyaning jasadi hammomdagi sochiq ilgichga osilib turganini aniqlashgan.
“Jasad tekshiruvga yuborilgan va sud-tibbiyot ekspertlari guruhi voqea joyini ko‘zdan kechirishmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu yil boshida Hindistonning Haryana shtati Sonipat shahridagi dam olish maskanlaridan birida o‘zbekistonlik ayolning jasadi topilgandi.
Sadoqat Hamrayeva
LiveBarchasi