Hindistonda ham noma’lum havo shari tekshirilmoqda

Olam

image

Hindiston rasmiylari o‘tgan yili mamlakatning Andaman va Nikobar orollari uzra noma’lum shar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq hodisani tekshirmoqda. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, tergov harakatlari AQSHda Xitoyga tegishli havo shari paydo bo‘lganidan keyin boshlangan. Sharning o‘zi esa bir necha oy oldin Bengal ko‘rfazidagi orollar aholisi tomonidan payqab qolingan. Odamlar samodagi noma’lum ob’ektni suratga olib, rasmlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Biroq o‘shanda uchayotgan narsaning kelib chiqishini hech kim tushuntirib bera olmagan.

Ta’kidlash joizki, uchar jismlar kuzatilgan Andaman va Nikobar orollarida Hindiston harbiy-dengiz kuchlarining bazasi, ularning atrofida esa raketa sinovi poligoni joylashgan. Hindiston harbiylari hududiy suvlarda tekshiruv o‘tkazib, shubhali uchuvchi jismlar paydo bo‘lgan holatlarda qilinadigan harakatlar bayonnomasini ishlab chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda Xitoyga tegishli havo shari urib tushirilgandan so‘ng dunyoning boshqa davlatlari ham o‘z osmonida shunday uchar jismlar kuzatilganini ayta boshladi. Xususan, Ukrainada Rossiya tomonidan uchirilgan deb taxmin qilingan oltita havo shari kuzatilgandi.

Janubiy Koreya ham Shimoliy Koreyaga tegishli havo shari o‘z havo hududiga qisqa muddatga kirganini ma’lum qilgan.  Shuningdek, Yaponiyada ham 2019-2021 yillar oralig‘ida  Xitoyning 3 ta “josus shari” davlat havo chegarasini buzib kirgani aytilgandi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Hindiston noma'lum havo shari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing