Hindiston o‘zining birinchi gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
18 noyabr
1740Kecha, 17 noyabr kuni Hindiston Mudofaa tadqiqoti va rivojlantirish tashkiloti (DRDO) mamlakatning birinchi uzoq masofali gipersonik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “The Indian Express” хабар berdi.
Qayd etilishicha, sinov Odisha sohilida joylashgan Abdul Kalam orolidan amalga oshirilgan. Raketaning uchish masofasi 1500 kilometrni tashkil etadi, u turli xil jangovar kallaklarni olib yurishi mumkin.
Mamlakat Mudofaa vaziri Ranjit Singx bu yutuqning ahamiyatini X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
“Hindiston tarixiy bir lahzaga erishdi, chunki Abdul Kalam orolidan uzoq masofali gipersonik raketaning uchish sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bu tarixiy voqea bo‘lib, ushbu muhim yutuq bizning mamlakatimizni rivojlangan va murakkab harbiy texnologiyalari bor davlatlar qatoriga kiritdi”, deydi u.
Gipersonik raketa nima?
Gipersonik tovush tezligidan besh barobar yuqori tezlikka ega bo‘lgan raketa hisoblanadi. Bu raketaning muhim xususiyati – ularning manyovr qobiliyati, bu ularni ballistik raketalardan ajratib turadi, chunki ballistik raketalar oldindan belgilangan yo‘nalish yoki trayektoriya bo‘ylab uchadi.
Ma’lumot uchun, Rossiya va Xitoy gipersonik raketalarni ishlab chiqishda ilg‘or davlatlar hisoblanadi, shu bilan birga AQSH ham o‘zining gipersonik qurollarini ishlab chiqish uchun ambitsiyali dasturlarni amalga oshirmoqda. Bu yilning may oyida AQSH armiyasi Lockheed Martin kompaniyasiga o‘zining uzoq masofali gipersonik qurol tizimi “Long Range Hypersonic Weapon” (LRHW) imkoniyatlarini kengaytirish uchun 756 million dollarlik shartnoma bergan. Shuningdek, 2022 yilda Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina bilan bo‘lgan urushda birinchi marta gipersonik raketadan foydalanganini e’lon qilgan.
LiveBarchasi