Hindiston Rossiyadan qurol sotib olishni keskin qisqartirdi – “Bloomberg”
Olam
−
04 dekabr
771Hindiston Rossiyadan harbiy texnika yetkazib berish buyurtmalarini keskin qisqartirdi va qurollarni G‘arbdagi sheriklaridan tobora ko‘proq sotib oldi. Bu haqda tahlilchilarning manbalari va hisob-kitoblariga asoslanib, ”Bloomberg” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Hindiston va Rossiyaning vertolyotlar va qiruvchi samolyotlarni birgalikda ishlab chiqish va ishlab chiqarish rejalari bir muncha vaqt oldin qoldirilgan. Hindiston ekipajini o‘qitish uchun Moskvadan atom suvosti kemasini ijaraga olishni muhokama qilish ham to‘xtatilgan.
”Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollar ko‘pincha G‘arbnikiga qaraganda arzonroq. Ammo ularni tez-tez ta’mirlash talab qilinadi. Bu uning jozibadorligiga ta’sir qiladi va ular uzoq muddat xizmat qilmaydi” degan Hindistonning yuqori martabali amaldori jurnalistlarga.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili Nyu-Dehli tomonidan amalga oshirilgan qurol-yarog‘ importining atigi 36 foizi Moskvaga to‘g‘ri keladi. Bu 2009 yildagi 76 foizga nisbatan ancha kam. Shu bilan birga, Rossiya hali ham Hindiston uchun eng yirik harbiy texnika yetkazib beruvchi bo‘lib qolmoqda.
Tahlilchilarga ko‘ra, bunday qaror hukumatning Rossiya ta’minotiga harbiy qaramligini kamaytirish va AQSHga yaqinlashish istaginini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 noyabr kuni Hindiston Mudofaa tadqiqoti va rivojlantirish tashkiloti (DRDO) mamlakatning birinchi uzoq masofali gipersonik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr