Hindistonlik milliarder AQSHda firibgarlikda ayblanmoqda

Olam

image

AQSH prokurorlari hindistonlik milliarder Gautam Adanini 265 million dollar miqdorida pora berish sxemasida ishtirok etganlikda ayblamoqda. Ushbu xabar ortidan Adani Group aksiyalari narxi keskin pasaygan. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi va qimmatli qog‘ozlar hamda birjalar komissiyasi saytida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Adani Group asoschisi va boshqaruv kengashi raisi bo‘lgan Gautam Adani dunyodagi eng boy odamlardan biri sifatida tanilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu firibgarlik sxemasida Nyu-York fond birjasida ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya ham qatnashgan, bu esa Amerika investorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Adanidan tashqari yana yetti gumondorga ham firibgarlik bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Bugun, 21 noyabr kuni Adani Group tarkibidagi kompaniyalarning bozor qiymati 34 milliard dollarga pasaygan. Adanining asosiy kompaniyasi Adani Enterprises aksiyalari 23 foizga tushib ketib, 2023 yilning noyabridan beri eng past darajaga yetgan.

Shuningdek, ayblovlar markazida bo‘lgan Adani Green Energy kompaniyasi 600 million dollarga teng dollar nominatsiyali obligatsiyalarni sotish rejasini bekor qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Hindiston Gautam Adanini Adani Group

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing