Hindiston TIV mamlakat nomi o‘zgartirilishiga oid yangi ma’lumot berdi

Olam

image

Hindiston hukumati davlat nomini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar ANI axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Subramanyam Jayshankar mamlakat nomini o‘zgartirish rejasi yo‘qligini aytib, muxolifat partiyalarini konstitutsiyani o‘qishga chaqirgan. Vazir Hindiston konstitutsiyasida ikkita rasmiy til –ingliz va hind tili borligini eslatgan. Hind tilida davlat boshqa nomga ega – Bharat (mustamlakachilikdan oldingi Hindistonning tarixiy nomi).

Shu bilan birga, vazir “Bharat” atamasining rasmiy protokollarda qayd etilishi avvalroq amalga oshirilishi kerak edi, deb hisoblaydi.

“Prezident Bharatni tanlaganidan faxrlanamiz. Bu mustamlakachilik tafakkuridan uzoqlashish uchun yana bir qadamdir”, deydi Jayshankar agentlikka.

Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu nomidan G20 sammiti sharafiga ziyofatga taklifnomalar yuborilganidan keyin mamlakat nomini o‘zgartirish masalasi paydo bo‘ldi. Gap shundaki, unda ingliz tilida “Bharat Prezidenti” iborasi ishlatilgan.

Shundan so‘ng, hind matbuoti mamlakatning ingliz tilidagi nomini o‘zgartirish sentyabr oyida parlamentning navbatdan tashqari sessiyasida muhokama qilinishini yozdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston hukumati mamlakatning ingliz tilidagi nomini Bharat (hindcha nomi)ga o‘zgartirishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Bharat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing