Hindiston o‘z nomini o‘zgartirmoqchi
Olam
−
05 Sentabr 2023 40040 1 daqiqa
Hindiston hukumati mamlakatning ingliz tilidagi nomini Bharat (hindcha nomi)ga o‘zgartirishi mumkin. Bu masala parlamentning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.
Hindiston Konstitutsiyasiga ko‘ra, uning rasmiy tillari ingliz va hind tillari bo‘lib, ingliz tilida mamlakat Hindiston (India), hind tilida esa Bharat deb ataladi. Nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilish uchun Hindiston hukumati parlamentning har ikki palatasida ham ko‘pchilik ovozga ega bo‘lishi kerak. Hujjat qabul qilinganidan so‘ng, hukumat konstitutsiyaga ingliz tilidagi versiyasida “Hindiston hukumati” degan so‘zni o‘z ichiga olgan kamida o‘nta joyda tuzatishlar kiritishi kerak.
“Hindiston Prezidenti” emas, balki “Bharat Prezidenti” atamasi birinchi marta Prezident Draupadi Murmu nomidan G20 yetakchilariga yuborilgan kechki ovqat taklifida ishlatilgan. Parlament ishlari vaziri Pralxad Joshi Nyu-Dehlida parlamentning besh kunlik maxsus sessiyasi joriy yilning 18-22 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi