Hindiston musulmonlarni noqonuniy tarzda deportatsiya qildi – HRW

Olam

image

Hindiston rasmiylari so‘nggi bir necha hafta ichida qonunni buzgan holda yuzlab musulmonlarni Bangladeshga deportatsiya qildi. Bu haqda Human Rights Watch (HRW) xalqaro inson huquqlari tashkiloti hisobotida so‘z boradi.

HRW'ga ko‘ra, joriy yilning may oyidan boshlab Hindiston rasmiylari asosan Bangladesh bilan chegaradosh Hindiston shtatlarida tug‘ilgan bengaliyalik musulmonlarni deportatsiya qilishni boshlagan. Deportatsiya qilinganlarning salmoqli qismi ayollar va bolalardir.

Hisobotda aytilishicha, chegarachilar ayrim kishilarning hujjatlarini tortib olgan, ayrim hollarda esa qurol ishlatish tahdidi ostida Bangladeshga majburan deportatsiya qilgan. Bangladesh rasmiylari deportatsiya qilingan taxminan 1500 kishining bir qismi Hindiston fuqarolari ekanini tasdiqlagan. Ularning ba’zilari keyinchalik yana ortiga qaytib ketgan.

HRW, shuningdek, deportatsiyalar to‘lqini aprel oyida Hindistonning Pahalgam mintaqasida (Jammu va Kashmir) sodir bo‘lgan va ko‘plab qurbonlar bilan yakunlangan teraktdan keyin kuchayganini ta’kidlaydi. Huquq himoyachilarining qayd etishicha, voqeadan so‘ng Hindiston rasmiylari “noqonuniy muhojirlar” deb atalmish, xususan, musulmon jamoalarini aniqlash bo‘yicha kampaniyani kuchaytirgan.

Hisobot sudsiz deportatsiyalarni zudlik bilan to‘xtatish, deportatsiya qilinganlarning qonuniy himoya va shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lishini, majburan chiqarib yuborish holatlarini tekshirish va aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qiladi.

HRW'ning ta’kidlashicha, shaxslarni millati, etnik kelib chiqishi yoki diniga qarab o‘zboshimchalik bilan deportatsiya qilish Hindistonning xalqaro majburiyatlariga ziddir.

HRW'ning Osiyo bo‘yicha direktori Eleyn Pirsonning aytishicha, Bharatiya Janata partiyasi (BJP) boshchiligidagi Hindiston hukumati bengal millatiga mansub musulmonlarni o‘zboshimchalik bilan deportatsiya qilish orqali diskriminatsiyani rag‘batlantirmoqda.

“Deportatsiya qilinganlar orasida Hindiston fuqarolari ham bor va ular tegishli tartibsiz yoki murojaatsiz jo‘natiladi”, deydi u.

Bangladesh Tashqi ishlar vazirligi vaziyatni izohlar ekan, “majburiy qaytarish” amaliyotini qoraladi va faqat Bangladesh fuqaroligi rasman tasdiqlangan odamlarni qabul qilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Bangladesh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing