Hindiston munosib raqib – Otabek Shukurov

Sport

image

Osiyo kubogining 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Hindiston bahsi oldidan  futbolchi Otabek Shukurov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Guruh bosqichidagi ikkinchi uchrashuvga tayyormiz. Birinchi bahsda durang natija qayd etdik, biroq mag‘lub bo‘lmadik. To‘g‘ri, g‘alaba uchun maydonga chiqdik, ammo dastlabki uchrashuv bosimi ham bizga ta’sir o‘tkazdi. Guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, navbatdagi uchrashuvlarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Hindistonni o‘rganishda davom etyapmiz, juda kuchli jamoa, birinchi uchrashuvda darvozabon xatosigacha juda tartibli o‘yin ko‘rsatishdi. Ular munosib raqib va imkoniyatlarimizdan unumli foydalanib, yaxshi natija qayd etamiz”, deydi Shukurov.

Shukurov ertangi uchrashuvda jamoa bor kuchini ishga solishini va jamoadoshlari bo‘lajak bahsga tayyorligini bildirdi.

“Futbolchi sifatida aytishim mumkinki, terma jamoa libosidagi har bir uchrashuv juda muhim. Muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz, barcha futbolchilar ertangi bahsga tayyor”, deydi futbolchi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Shukurov Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made