Hindistonda vertolyot quladi. Unda Mudofaa shtabi boshlig‘i ham bo‘lgan

Olam

image
0:00
0:00
download

Hindistonning Tamilnadu shtatida bortida to‘rt nafar yuqori martabali harbiy xizmatchi bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi. Vertolyotda jami 14 kishi bo‘lgan. Bu haqda “India Today” xabar tarqatdi.

Gazetaning yozishicha, bortda Hindiston mudofaa shtabi boshlig‘i Bipin Ravat bo‘lgan. Nashr manbalariga ko‘ra, vertolyot Hindiston harbiy-havo kuchlarining Sere shahridagi bazasidan havoga ko‘tarilgan va Vellington shahri tomon yo‘l olgan.

Hindistonda Mudofaa shtabi boshlig‘i lavozimi 2019 yil dekabr oyida ta’sis etilgandi. Mudofaa shtabi boshlig‘i Hindiston armiyasining barcha bo‘linmalari - quruqlikdagi kuchlar, havo kuchlari va dengiz flotining harakatlarini muvofiqlashtiradi. Mudofaa shtabi boshlig‘i, xususan, mamlakat hukumati bilan mudofaa texnologiyalari va qurol-yarog‘larini xarid qilishni ham muvofiqlashtiradi. General Ravat bu lavozimga tayinlangan birinchi shaxsdir.

Vertolyot qulagan joyda 3 nafar jabrlanuvchi topilgan, ular og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. To‘rtinchi shaxsni qidirish davom etmoqda. Hodisada 4 kishi halok bo‘lgani aytilgan, biroq ularning shaxsiga aniqlik kiritilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston vertolyot

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing