Hindiston Qatarda o‘limga hukm qilingan fuqarolarini ozod qilmoqchi 

Olam

image

Hindiston Qatarda o‘lim jazosiga hukm qilingan sakkiz nafar fuqarosini ozod qilishga intilmoqchi. Bu haqda respublika Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

U Qatarda o‘limga hukm qilingan hindlarning oilalari bilan uchrashganini aytgan. 

"Hukumat bu ishga jiddiy e’tibor qaratadi va [mahkumlar] oilalarining tashvishi va dardiga to‘liq sherikdir. Hukumat ularni ozod qilish uchun barcha sa’y-harakatlarini davom ettiradi", deb yozgan vazir. 

Jayshankarning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rasmiylari bu masalada ularning oilalari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Ma’lumot uchun, 2022 yil avgust oyida bir guruh Hindiston fuqarolari Isroil foydasiga josuslik qilganlikda ayblanib, Qatarda hibsga olingan. Qatar hukumati ularga qo‘yilgan ayblovlarni rasman oshkor etmagan. Ularning barchasi Hindiston harbiy-dengiz kuchlarining sobiq xodimlari, jumladan, ilgari hind harbiy kemalariga qo‘mondonlik qilgan yuqori martabali zobitlardir. Hibsga olinishidan oldin ular Qatar Qurolli Kuchlariga ta’lim va boshqa tegishli xizmatlar ko‘rsatuvchi Dahra Global Technologies and Consultancy Services xususiy kompaniyasida ishlagan. “India Today” jurnalining xabar berishicha, Hindiston dengiz floti zobitlari Qatarning suvosti kemalari dasturiga jalb qilingan va Qatar tomoni ularni bu ma’lumotni Isroilga yetkazishda ayblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qatar birinchi instansiya sudi hindistonliklarni o‘limga hukm qilgandi. O‘shanda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi sud qaroridan hayratda qolganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Qatar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made