Nyu-Dehli “Bloomberg”ning xabarini yolg‘onga chiqardi
Olam
−
04 avgust 2023
4446Hindiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Arindam Bagchi Nyu-Dehli go‘yoki BRICS kengayishini qo‘llab-quvvatlamasligi haqidagi xabarlarni "asossiz spekulyatsiya" deb atadi. Bu haqda TASS xabar berdi.
"Biz Hindistonning BRICS kengayishiga e’tirozi bor, degan asossiz mish-mishlarni eshityapmiz. Bu mutlaqo noto‘g‘ri ”, dedi diplomat.
Shuningdek, Bagchi BRICS mamlakatlari kengayish jarayonining standartlari, mezonlari va tartiblarini ichki muhokamalarda ko‘rib chiqilayotganini qayd etgan.
“Hindiston bu masalaga ochiq fikr va ijobiy munosabat bilan yondashmoqda”, degan Bagchi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Bloomberg” agentligi Hindiston BRICS’ning kengayishiga qarshi ekani haqida xabar bergan edi. Nashrda yozilishicha, Nyu-Dehli Xitoy guruhning kengayishidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishidan qo‘rqib, BRICS’ga yangi mamlakatlarning qabul qilinishiga qarshi chiqqan.
LiveBarchasi